Bugun 29 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

O‘zbekiston aholisining deyarli 39 foizi o‘tgan yili jamg‘arma to‘plamagan

O‘zbekiston aholisining deyarli 39 foizi o‘tgan yili jamg‘arma to‘plamagan

O‘zbekiston aholisining katta qismida moliyaviy jamg‘arma tuzish odati hali ham past darajada. O‘zbekiston Markaziy banki o‘tkazgan so‘rov natijalariga ko‘ra, 2024 yilda aholining qariyb 40 foizi umuman jamg‘arma qilmagan.

Markaziy bank Osiyo Taraqqiyot banki ko‘magida o‘tkazgan so‘rovda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo, Toshkent va Farg‘ona viloyatlaridan 1200 nafar ishtirokchi qatnashgan. Qo‘shimcha ravishda beshta hududdan 198 nafar respondent bilan sifat jihatidan tahlil o‘tkazilgan.

So‘nggi yillarda jamg‘arma qilishda o‘sish kuzatilgan. Agar 2011 yilda moliyaviy muassasalarda jamg‘armaga ega bo‘lganlar 1 foizdan kam bo‘lgan bo‘lsa, 2025 yilda bu ko‘rsatkich 7,4 foizga yetdi. Bu iqtisodiy islohotlar samarasi sifatida baholanmoqda.

Biroq, jamg‘arma qilish ko‘nikmalari hududlar, ta’lim darajasi va bandlik holati bo‘yicha sezilarli farq qiladi. Toshkent shahrida jamg‘arma qilmaganlar ulushi 25 foizni tashkil etsa, Qoraqalpog‘istonda bu ko‘rsatkich 54 foizga yetgan. Bu esa mamlakat bo‘yicha eng past natija hisoblanadi.

Ta’lim darajasi ham katta ahamiyatga ega. Oliy ma’lumotli fuqarolar orasida jamg‘arma qilmaganlar 27 foiz bo‘lsa, 8-9 sinfni bitirganlar orasida bu ko‘rsatkich 53 foizni tashkil qilgan.

Bandlikka qarab eng faol jamg‘aradigan guruh — talabalar. Pensionerlar orasida jamg‘arma qilmaganlar 46 foizni, ishlaydiganlar orasida esa 32 foizni tashkil etgan.

2025 yil 1 iyun holatiga ko‘ra, tijorat banklaridagi depozitlar hajmi 345,6 trln so‘mdan oshgan. Shuning 134,5 trln so‘mi jismoniy shaxslarga tegishli.

Kiritildi: 16:56 27.06.2025. O'qildi: 674 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!