Bugun 19 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

O‘zbekiston aholisi kuniga qanchaga ko‘paymoqda?

O‘zbekiston aholisi kuniga qanchaga ko‘paymoqda?

O‘zbekistonda doimiy aholi soni har kuni o‘rtacha 1,7 ming kishiga oshmoqda. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning 1 aprel holatiga respublikaning doimiy aholisi 37,7 mln kishini tashkil etgan. O‘zbekistonning doimiy aholisi soni o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2 foizga oshgan.

Shundan:

  • ayollar soni — 18 714,9 ming kishi;
  • erkaklar soni — 18 982,9 ming kishi;
  • shahar joylarda — 19 216,4 ming kishi;
  • qishloq joylarda — 18 481,4 ming kishi.

Mamlakat aholisi 2025 yil boshidan buyon 154,6 ming kishiga ko‘paygan. O‘zbekiston aholisi 2025 yilning har bir oyida o‘rtacha 51,5 ming kishiga oshgan, har bir kunida esa doimiy aholi soni o‘rtacha 1,7 ming kishiga ko‘paymoqda.

Kiritildi: 19:01 12.04.2025. O'qildi: 1473 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!