Bugun 20 noyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

O‘zbekiston Afg‘onistonga elektr energiyasi yetkazib beradi

O‘zbekiston Afg‘onistonga elektr energiyasi yetkazib beradi

O‘zbekiston Afg‘onistonga 2026 yil uchun elektr energiyasi yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bitim O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamaxmudov va Afg‘onistonning Da Afghanistan Breshna Sherkat (DABS) energetika kompaniyasi direktori Abdul Bori Umar o‘rtasidagi muzokaralar yakunlari bo‘yicha imzolandi.

Tomonlar Afg‘onistonda O‘zbekiston ishtirok etayotgan energetika loyihalarini amalga oshirish masalalarini ham muhokama qildilar.

Afg‘oniston har yili mintaqa mamlakatlari - Turkmaniston, Eron, O‘zbekiston va Tojikistondan taxminan 800 MVt elektr energiyasini import qiladi. Mahalliy elektr energiyasi ishlab chiqarish 250 MVt dan oshmaydi. Ushbu import mamlakatga har yili 250-280 million dollarga tushadi.

Kiritildi: 21:26 19.11.2025. O'qildi: 273 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!