Bugun 26 may, 2026 yil, seshanba

КИР

Eronda qariyb 3 oylik cheklovdan keyin internet qisman tiklandi

Eronda qariyb 3 oylik cheklovdan keyin internet qisman tiklandi

Eronda qariyb 3 oylik cheklovdan keyin internet qisman tiklandi — NetBlocks monitoring xizmati.

"Real vaqt rejimidagi ma’lumotlar Eronda xalqaro tarmoqlardan deyarli butunlay uzilib qolgan 2093 soatlik (88 kunlik) cheklovlardan so‘ng, internetga kirish imkoniyati qisman tiklanganini ko‘rsatmoqda", deyiladi NetBlocks bayonotida.

Tashkilotning qayd etishicha, bu tarixdagi umummilliy miqyosda internetning eng uzoq muddatli o‘chirilishi bo‘ldi.

Avvalroq Eron prezidenti Mas’ud Pizishkiyon 28 fevralda AQSh bilan urush boshlanishi ortidan uzib qo‘yilgan xalqaro internet tarmog‘iga ulanishni qayta tiklash bo‘yicha ko‘rsatma bergan edi.

NetBlocks'ning qayd etishicha, Eronda internet faoliyatining tiklanishi barqaror xarakterga ega bo‘lish-bo‘lmasligi hozircha noma’lumligicha qolmoqda.

Kiritildi: Bugun 19:58. O'qildi: 255 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!