Bugun 23 noyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

O‘zbekiston 210 ta davlati bilan savdo aloqadarini o‘rnatgan

O‘zbekiston 210 ta davlati bilan savdo aloqadarini o‘rnatgan

2025 yil yanvar-oktyabr oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 66,5 mlrd AQSh dollarini tashkil etdi.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 11,8 mlrd AQSh dollariga yoki 21,5 foizga oshgan.

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi hajmida:

  • Eksport – 29 mlrd (+27,8 foiz)
  • Import – 37,5 mlrd (+16,9 foiz) AQSh dollarini tashkil etdi.

O‘zbekiston tashqi savdo hamkor davlatlari soni 210 taga yetdi.

O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasining yuqori ulushi Xitoy (19,7 foiz), Rossiya (15,9 foiz), Qozog‘iston (5,9 foiz), Turkiya (3,7 foiz) va Koreya Respublikasi (2,2 foiz) hissasiga to‘g‘ri keldi.

Kiritildi: 14:19 22.11.2025. O'qildi: 392 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!