Bugun 24 yanvar, 2026 yil, shanba

КИР

O‘zbekistonliklar va turkmanistonliklarning qarshiligiga qaramay Rog‘un GES qurilishi davom etadi

O‘zbekistonliklar va turkmanistonliklarning qarshiligiga qaramay Rog‘un GES qurilishi davom etadi

Jahon banki direktorlar kengashi Rog‘un GES qurilishi ortidan kelib chiqqan o‘zbekistonliklar va turkmanistonliklarning noroziligidan so‘ng talab qilingan tergovning o‘tkazilishini rad etgan.

Shikoyatni Amudaryo quyi oqimidagi O‘zbekiston va Turkmaniston aholisi nomidan “Chegara bilmas daryolar” fondi bergan edi. Unda suv tanqisligi, ekologik zarar va majburiy ko‘chirish xavflari ko‘rsatilgan.

Jahon banki shikoyatni rad etishni ichki qoidalarga asoslagan, biroq ekologlar va xalqaro tashkilotlar bu qarorni mintaqa uchun xavfli presedent deb baholamoqda.

Kiritildi: 23:05 22.11.2025. O'qildi: 47678 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!