Bugun 23 noyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Qozog‘iston futbol federasiyasi O‘zbekiston bilan o‘yin nega bekor qilinganini rasman ma’lum qildi

Qozog‘iston futbol federasiyasi O‘zbekiston bilan o‘yin nega bekor qilinganini rasman ma’lum qildi

Qozog‘iston terma jamoasi matbuot xizmati rahbari Alimjan Asqar Qozog‘iston — O‘zbekiston o‘rtoqlik o‘yini nega o‘tkazilmay qolgani haqida ma’lumot berdi.

Asqarning aytishicha, Qozog‘iston yil davomida o‘nta o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazishi kerakligi haqida UYEFA talabi bor va bu uchun moliya ajratiladi. Shunga ko‘ra, Belarusga qarshi safarda, O‘zbekistonga qarshi esa uyda o‘yin tashkil etish rejalashtirilgan edi.

— O‘zbekiston Jahon chempionatiga chiqdi, ularda bosh murabbiy o‘zgardi va rejalar ham shu bilan birga o‘zgarib ketdi. O‘rtamizda rasmiy kelishuv emas, faqat og‘zaki kelishuv bor edi. Shu bois o‘yin o‘tkazish imkoni qolmadi. O‘zbekistonda ko‘p o‘zgarishlar ro‘y berdi va uchrashuv ular uchun noqulay holatga aylandi, — dedi Asqar.

Uning qo‘shimcha qilishicha, QFF shoshilinch ravishda raqib izlashga majbur bo‘lgan va UYEFA bilan kelishilgandan keyin Farer orollari bilan o‘yin tashkil etish imkoni topilgan.

Eslatib o‘tamiz, yil boshida Qozog‘iston — O‘zbekiston o‘rtoqlik uchrashuvi noyabr oyida Turkistonda o‘tkazilishi haqida xabarlar tarqalgan, ammo bu ma’lumot keyinchalik tasdiqlanmagan. Qozog‘iston 18 noyabr kuni Xorvatiyada Farer orollari termasiga qarshi o‘yin o‘tkazdi va 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Kiritildi: 23:48 22.11.2025. O'qildi: 2031 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!