Bugun 23 noyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

“Xitoyliklar bizni bosib olish uchun emas, zavodlar qurish uchun kelgan”

“Xitoyliklar bizni bosib olish uchun emas, zavodlar qurish uchun kelgan”

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov xitoylik quruvchilarga nisbatan tanqidiy fikrlarga munosabat bildirdi.

Bu haqda siyosatchi Pervomaysk tumani aholisi bilan uchrashuvda ma’lum qildi. Japarovning so‘zlariga ko‘ra, ayrimlar Xitoy fuqarolari haddan tashqari ko‘payib ketganini aytib, xalqni gij-gijlashga urinmoqda.

“Biroq ular bizni bosib olish uchun emas, balki zavodlar hamda temir yo‘l qurishga kelgan. Bularning barchasi bizga zarur. Biz g‘orda yashagandek yashay olmaymiz. 2030-yildan boshlab temir yo‘l orqali jahon bozorlariga chiqamiz, tranzit imkoniyatiga ega bo‘lamiz”, dedi Qirg‘iziston rahbari.

Kiritildi: 21:15 22.11.2025. O'qildi: 1401 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!