«Istanbul Bashakshehir» O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodovning shartnomasini «Roma»dan to‘liq sotib olishni xohlamoqda, deb xabar bermoqda Sports.kz Fotomac.com.tr saytiga tayanib.
«Istanbul Bashakshehir» mavsum boshida o‘zbek hujumchisi Eldor Shomurodovni “Roma”dan uch million yevro evaziga ijaraga olgan edi va hozir uning shartnomasini sotib olish jarayonini boshladi. Istanbul jamoasi yaqin kunlarda Italiya klubi bilan muzokaralarni boshlaydi. O‘zbek yulduzi Superliganing joriy mavsumida 8 ta gol urdi va 1 ta assist qayd etdi», — deb yozadi turk sayti.
Ta’kidlash joizki, Shomurodov joriy yil iyul oyida turk klubiga ijara asosida o‘tgan edi. Ijara muddati kelasi yil iyun oyida yakunlanadi.
Transfermarkt portaliga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi sardorining hozirgi bozor qiymati 5 million yevroni tashkil qiladi.