Bugun 22 noyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Moskva tasdiqlamoqda: Ozarbayjon elchixonasiga Patriot raketa tizimi urulgan

Moskva tasdiqlamoqda: Ozarbayjon elchixonasiga Patriot raketa tizimi urulgan

Bu haqda Moskvadagi Rossiya TIV press-relizida ma’lum qilindi.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rahbarining o‘rinbosari Mixail Galuzin Moskvadagi Ozarbayjon elchisi Raxmon Mustafayev bilan uchrashuv chog‘ida, 14 noyabr kuni Kiyevda Ozarbayjon elchixonasi hududiga tushgan raketa Patriot havo mudofaa tizimidan otilganini ma’lum qilgan.

«14 noyabr kuni Kiyevdagi Ozarbayjon diplomatik missiyasi bino va mulkiga yetkazilgan zarar bo‘yicha ozarbayjon tomonidan yuborilgan murojaat tegishli Rossiya idoralari tomonidan atroflicha o‘rganib chiqildi».

Hujjatda qayd etilishicha, Rossiya tomoni sodir bo‘lgan voqea yuzasidan «chin dildan afsusda ekanini» bildirgan.

Shu bilan birga, mavjud ma’lumotlar tahlili natijasida «Kiyevdagi Ozarbayjon diplomatik missiyasi binolariga yetgan zarar katta ehtimol bilan Ukraina qurolli kuchlarining havo mudofaa vositalari notekis ishlashi natijasida, taxminan — Patriot ZRK raketa parchalari tushishi oqibatida sodir bo‘lgani» aytilgan.

TIV bundan tashqari, Ozarbayjon tomoniga Rossiya Qurolli kuchlari «maxsus harbiy operasiya» davomida go‘yoki «qonuniy harbiy nishonlar»ga, jumladan Kiyevda joylashgan Ukraina mudofaa-sanoat majmuasi ob’ektlariga zarba berayotgani haqida ma’lum qilgan.

Bayannomada Rossiya raketalarining maqsadli ravishda diplomatik ob’ektlarga qaratilgani haqidagi ma’lumotlar «haqiqatga mos kelmasligi» ta’kidlangan.

Kiritildi: Bugun 17:42. O'qildi: 1132 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!