21 noyabr kuni soat 23:00 larda YPX xodimlari tomonidan Namangan viloyati Davlatobod tumani hududida harakatlanib kelayotgan Onix haydovchisi hujjatlari yo‘qligi bois unga to‘xtash ishorasi berilganiga qaramay, xodimlarga bo‘ysunmasdan qochishga uringan.
Shu vaqtda xizmatda bo‘lgan katta serjant Vahojon Mo‘minov haydovchiga to‘xtash ishorasini bergan, biroq haydovchi yuqori tezlikda uni urib ketgan. Oqibatda katta serjant tibbiyot birlashmasiga olib borilayotgan paytda vafot etgan.