Sadir Japarov elektr ta’minotidagi uzilishlar bo‘yicha shikoyatlarga javob qaytardi. Japarovning so‘zlariga ko‘ra, agar rasmiylar so‘nggi 5 yil ichida “katta ishlar” qilmaganida, qirg‘izistonliklar hozir umuman chiroqsiz o‘tirishi mumkin edi.
“Agar men zavod va fabrikalar, maktab va bog‘chalar qurmaganimda, hozir ham elektr energiyasi yetarli bo‘lardi”, dedi u.
Japarov davlat elektr energiyasini Qozog‘iston, O‘zbekiston, Rossiya va Turkmanistondan 3,5 somga sotib olib, iste’molchilarga 1,37 somdan sotishini aytdi. Shuningdek, mamlakatni elektr inqirozidan 2028-yilgacha chiqarishga va’da berdi.