Afg‘oniston «Qo‘sh-Tepa» kanalini to‘liq quvvatda ishga tushirgandan keyin (gigant irrigasiya kanali qurilishi 2022 yil martda boshlangan), Turkmaniston va O‘zbekistonning g‘arbiy hududlari deyarli suvsiz qolishi mumkin, deb xabar bermoqda Inbusiness.kz.
Kanal Amudaryo suvining 15 foizdan ziyodini olib, Afg‘onistonning 550 ming gektar quruq yerlarini sug‘orishga yo‘naltiradi. Birinchi qism (108 km) 2023 yilda ishga tushirilgan. Ikkinchi bosqich qurilishi faol davom etmoqda va yakunlanish arafasida.
Qo‘sh-Tepa qurilishi hozirning o‘zida Markaziy Osiyoda suv tanqisligi muammosini kuchaytirgan.
Toshkentdagi Plexanov nomidagi Rossiya Iqtisodiyot universiteti filiali dosenti, falsafa fanlari nomzodi Ravshan Nazarovning aytishicha, agar Rossiya Markaziy Osiyoga suv masalasida yordam qilmasa, mintaqani ommaviy migrasiya kutmoqda.