Bugun 30 iyul, 2026 yil, payshanba

КИР

O‘zbekiston 2027-yilgi U-17 Osiyo kubogiga mezbonlik qiladi

O‘zbekiston 2027-yilgi U-17 Osiyo kubogiga mezbonlik qiladi

Osiyo futbol konfederasiyasi Ijroiya qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishida qit’a futboliga oid bir qator muhim qarorlar tasdiqlandi. Unga ko‘ra, 2027-yilgi U-17 Osiyo kubogi O‘zbekistonda bo‘lib o‘tishi belgilandi. Bu haqida O‘FA xabar qildi.

Shuningdek, 2029-yilgi U-17 Osiyo kubogi Saudiya Arabistonida o‘tkazilishi belgilandi.

Yig‘ilishda yana bir muhim masala — 2028-yilgi U-23 Osiyo kubogi mezboni ham aniqlandi. Los-Anjeles-2028 yozgi Olimpiya o‘yinlariga Osiyo saralashi vazifasini bajaradigan ushbu musobaqaga Yaponiya mezbonlik qiladi.

Bundan tashqari, OFK Ijroiya qo‘mitasi qit’a klublar musobaqalari va yoshlar turnirlari reglamentiga oid qator o‘zgarishlarni ham tasdiqladi.

Xususan, 2026/27-yilgi mavsumdan boshlab AFC Champions League Elite musobaqasi yangi 32 jamoalik format asosida o‘tkaziladi hamda U-20 Osiyo kubogi saralash tizimiga ham qator yangiliklar joriy etiladi.

Kiritildi: Bugun 14:12. O'qildi: 380 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!