Polsha Bosh vaziri Tusk Rossiyaning X-101 raketasi haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
Malumot uchun, Rossiya raketasini ushlab olish uchun to‘rtta F-16 qiruvchi samolyoti havoga ko‘tarilgan. Raketa Polsha havo hududida taxminan olti daqiqa qolgan, shundan so‘ng u radarlardan g‘oyib bo‘lgan va Ukraina chegarasidan taxminan 90 km uzoqlikda joylashgan Tarnava Koloniya qishlog‘i yaqinida qulagan.
Shuningdek, Polsha milliy mudofaa vaziri Vladislav Kosiniak-Kamish ham tungi voqealar bo‘yicha o‘z fikrini bildirdi.
"Polsha havo mudofaasi kuchlari Rossiyaning Ukrainaga havo hujumi tufayli nihoyatda og‘ir kechani boshdan kechirdi, dedi u.
Eslatib o‘tamiz, Kecha kechqurun Rossiyaning X-101 qanotli raketasi Ukrainaga qarshi yirik hujum paytida Polsha ustidan uchib o‘tdi va NATO havo hududini buzdi.
Polsha harbiylarining ma’lumotlariga ko‘ra, F-16 qiruvchi samolyoti uni to‘xtatishga uringan, ammo nishon bir necha daqiqadan so‘ng radarlardan g‘oyib bo‘lgan.