Nikol Pashinyan Armaniston Rossiyadan temir yo‘llar ijarasi uchun yiliga 2 milliard dollar talab qilishi mumkinligini aytdi.
Sputnik xabariga ko‘ra, Armaniston bosh vaziri "Janubiy Kavkaz temir yo‘li" (JKTY — "Rossiya temir yo‘llari"ning sho‘’ba tuzilmasi) ishi bo‘yicha sud jarayonlari va arbitrajga murojaat qilish ehtimolini istisno etmadi. Pashinyan Yerevan transport tarmog‘ini o‘z mulki deb bilishini va uni mustaqil tasarruf etmoqchi ekanini ta’kidladi.
"Masalan, 30 yil davomida hech narsa so‘ramagan, endi esa ijara uchun yiliga 2 milliard dollardan so‘raydigan narsalarimiz chiqib qolishi mumkin", — dedi Armaniston hukumati rahbari va Moskva bilan do‘stona kelishib olishga umid qilishini qo‘shimcha qildi.
JKTY Armaniston temir yo‘llarini konsessiya shartnomasi asosida boshqaradi. Avvalroq Pashinyan uni uchinchi davlatlarga sotish taklifi bilan chiqqan edi.
2024 yilda Rossiya kompaniyasi o‘z hisobidan Armaniston shimolida suv toshqini oqibatida vayron bo‘lgan yo‘llarni qayta tiklagan edi.