Rossiya Ukraina hududiga katta hujum uyushtirdi.
Bu haqda Ukraina havo kuchlari o‘zining Telegram-kanalida e’lon qildi.
Ularning ma’lumotlariga ko‘ra, Kiyev, Krivoy Rog va Vinnisa shaharlariga ballistik raketalar hujum qilingan.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, Kiyevda yong‘in sodir bo‘lgan va Pochaina metro bekati kirish qismi shikastlangan. Kiyev meri Vitaliy Klichko Svyatoshinskiy tumani va Obolonda vayronalar qulashi va turar-joy bo‘lmagan binolarga zarar yetkazilgani haqida xabar bergan.
Kiyev shahar harbiy ma’muriyati bir kishining o‘limini xabar qildi.
Ukraina monitoring resurslariga ko‘ra, mamlakat havo hududida ko‘plab dronlar va Kalibr kruiz raketalarining uchirilishi ham aniqlangan. Ukraina havo kuchlari Rossiya strategik samolyotlarining uchib ketishi haqidagi xabarlarni tasdiqladi.
Eslatib o‘tamiz, 29 iyul kuni kechqurun Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya katta zarba berishga tayyor ekanligini va o‘sha kuni kechqurun hujum uyushtirishi mumkinligini e’lon qildi.