Bugun 30 iyul, 2026 yil, payshanba

КИР

O‘zbekiston Xitoydan 24 J-10CE qiruvchilarini olmoqda, ularning bir nechtasi allaqachon yetkazib berilgan

O‘zbekiston Xitoydan 24 J-10CE qiruvchilarini olmoqda, ularning bir nechtasi allaqachon yetkazib berilgan


O‘zbekiston Qurolli kuchlari 21 va 22 iyul kunlari Xitoydan to‘rtta qiruvchi samolyotni qabul qildi. Bu haqda mudofaa sohasidagi manbalariga tayanib, Defence Security Asia xabar berdi.

Gap Chengdu J-10CE qiruvchi samolyotlari haqida ketmoqda. Hozircha ikki davlat ham yetkazib berilgan aviatexnika bo‘yicha rasmiy bayonot bermagan.

Xabarda ta’kidlanishicha, O‘zbekiston bilan tuzilgan shartnoma 24 ta J-10CE qiruvchisini bosqichma-bosqich yetkazib berish hamda uchuvchilarni tayyorlashni nazarda tutadi. 2025 yilda Toshkentga ikkita qiruvchi samolyot yetkazib berilgani aytilmoqda.

Ushbu samolyotning narxi 40–50 million dollarga baholangan, bu summa G‘arbning 4+ avlod qiruvchilaridan ancha arzon hisoblanadi. Masalan, bitta Rafale samolyoti (100-130 million dollar atrofida) o‘rniga Xitoy samolyotlaridan bir nechtasini sotib olish mumkin.

"Etkazib berilayotgan har bir qiruvchi bir vaqtning o‘zida ham harbiy salohiyatni oshirish, ham geosiyosiy ishora vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Xitoy jangovar samolyotlari Toshkent va Moskva o‘rtasidagi diplomatik munosabatlarni buzmagan holda Rossiya tizimlarining o‘rnini egallay olishini ko‘rsatadi", deyiladi xabarda.

Kiritildi: 20:35 29.07.2026. O'qildi: 833 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!