Bugun 17 mart, 2026 yil, seshanba

КИР

O‘zbek olimlari havoni va suvni tozalovchi o‘ta yengil material yaratdi

O‘zbek olimlari havoni va suvni tozalovchi o‘ta yengil material yaratdi

Fanlar akademiyasi olimlari nanosellyuloza asosida yangi avlod gibrid aerogelini ixtiro qilishdi.

Bu material tabiatga zarar yetkazmaydi va o‘zining g‘ovakli tuzilishi tufayli zaharli moddalarni o‘ziga shimgich kabi tez singdirib oladi.

“Yangi ixtiro havodagi zararli gazlarni ushlab qolish va suvni og‘ir metallardan tozalashda juda samarali. Shuningdek, u qurilishda ham qo‘llaniladi: uylarni issiq va sovuqdan yaxshi himoya qiladi, shovqinni o‘tkazmaydi hamda juda yengil bo‘lishiga qaramay, ancha mustahkam hisoblanadi”, deyiladi akademiya axborotida.

Kiritildi: Bugun 12:25. O'qildi: 487 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!