Bugun 18 sentyabr, 2026 yil, juma

КИР

O‘zbek futboli afsonasi Mirjalol Qosimov 56 yoshga to‘ldi

O‘zbek futboli afsonasi Mirjalol Qosimov 56 yoshga to‘ldi

Bugun o‘zbek futboli afsonasi, tajribali murabbiy Mirjalol Qosimov o‘z tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Qosimov futbolchilik faoliyati davomida o‘smirlar o‘rtasida jahon chempioni, yoshlar o‘rtasida Yevropa chempioni hamda Osiyo o‘yinlari g‘olibi bo‘lgan. Shuningdek, u to‘rt marta O‘zbekistonning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.

Futbolchilik faoliyatidan so‘ng Qosimov murabbiylik sohasida ham o‘zbek futboli rivojiga hissa qo‘shib kelmoqda.

O‘zbek futboli jamoatchiligi va muxlislar nomidan Mirjalol Qosimovni 56 yoshga to‘lgani bilan muborakbod etamiz. Unga mustahkam sog‘liq, oilaviy xotirjamlik va yurtimiz futboli rivoji yo‘lidagi faoliyatida yangi muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Kiritildi: 15:29 17.09.2026. O'qildi: 385 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!