Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lum qilishicha, so‘nggi bir sutkada Ukraina tomonidan amalga oshirilgan hujumlar vaqtida 2 049 ta dron, 7 ta boshqariladigan aviabomba va 4 ta «Flamingo» qanotli raketa urib tushirilgan.
Bu dronlar soni bo‘yicha Rossiya tomoni qayd etgan eng yuqori ko‘rsatkich bo‘ldi. Avvalgi rekord 20 sentyabr kuni — 1 951 ta dronni tashkil etgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan kadrlarda hujumni qaytarishda «Molniya-PVO» tutuvchi dronlaridan foydalanilgani ko‘rsatilgan.