Bugun 24 oktyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Urushni yakunlash bo‘yicha AQSH, Rossiya va Ukraina ishtirokidagi uch tomonlama muzokaralar noyabr oyida tiklanishi mumkin

Urushni yakunlash bo‘yicha AQSH, Rossiya va Ukraina ishtirokidagi uch tomonlama muzokaralar noyabr oyida tiklanishi mumkin

Rossiya rasmiylarining tegishli bayonoti ortidan Ukraina prezidenti Vlodimir Zelenskiy ham bunday muzokaralarga tayyorligini ma’lum qildi.

"Biz Rossiya bizning ishtirokimizdagi uch tomonlama uchrashuvni qo‘llab-quvvatlashi to‘g‘risida fidbek oldik. Amerika tomoni buni imkon qadar tezroq amalga oshirishni taklif qilmoqda. Biz buni qo‘llab-quvvatlaymiz", – dedi u bayonotida.

Zelenskiy ehtimoliy uchrashuv sanasini aytmagan, ammo AQSh muzokaralarni yaqin vaqtlar ichida o‘tkazish uchun imkon doirasidagi barcha ishni qilayotganini ta’kidlagan. "O‘ylaymanki, noyabr oyi boshidan kechikmaydi", – deya qo‘shimcha qildi u.

Zelenskiy muzokarachilarning asosiy vazifasi, urushi yakunlanishi va tinchlik boshlanishini yaqinlashtirishdan tashqari, yetakchilar uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rish ekanini qayd etgan. Ukraina prezidenti Kiyev muzokaralarda har qanday otashkesimni (to‘liq yoki qisman o‘t ochishni to‘xtatish) qo‘llab-quvvatlashini aytdi.

Kiritildi: 23:45 22.10.2026. O'qildi: 754 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!