Bugun 29 oktyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Urugvayda parvoz vaqtida ikki samolyot to‘qnashib ketdi

Urugvayda parvoz vaqtida ikki samolyot to‘qnashib ketdi

Urugvayda mashg‘ulot parvozi vaqtida ikki samolyotning to‘qnashib ketishi oqibatida uchuvchilardan biri halok bo‘ldi.

Subrayado nashri xabar berishicha, bu haqda Urugvay Harbiy-havo kuchlari bayonotida ma’lum qilingan.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa mamlakat janubidagi Kanelones departamentida, Guasuvira kurort shahri yaqinida sodir bo‘lgan. Havoda muayyan mashq elementini bajarayotgan ikki kichik samolyot to‘qnashib ketgan.

Urugvay Harbiy-havo kuchlari ma’lum qilishicha, to‘qnashuvdan so‘ng samolyotlardan biri favqulodda qo‘nishni amalga oshirgan. Ikkinchi samolyot esa o‘rmonzor hududida qulagan. Hodisa oqibatida uning kabinasida bo‘lgan uchuvchi halok bo‘lgan. Boshqa samolyot uchuvchisi jarohat olmagan.

Subrayado nashrining qayd etishicha, halok bo‘lgan uchuvchi 58 yoshda bo‘lgan va Harbiy-havo kuchlarining nafaqadagi ofiseri hisoblangan.

Kiritildi: Bugun 11:00. O'qildi: 388 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!