Urganch shahridagi 3-sonli maktab o‘quvchisi, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori Shahzoda Kamolova mazkur universitetga qabul qilindi.
Kuni kecha Prezidentning Xorazmda Al-Xorazmiy universiteti va ixtisoslashtirilgan maktab tashkil etish bo‘yicha Qarori imzolandi.
Xorazmdagi tashrif chog‘ida Prezident Shavkat Mirziyoyev hududdagi yoshlar bilan uchrashdi.
Ushbu uchrashuvda so‘zga chiqqan, Urganch shahridagi 3-sonli maktab o‘quvchisi, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori Shahzoda Kamolovaning mazkur universitetga qabul qilinganligi ma’lum qilindi.
U 2025-2026 o‘quv yilidan boshlab to‘liq grant asosida ushbu universitetda o‘qiydi.
Shuningdek, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Xiva shahridagi Prezident maktabida Shahzoda Kamolova va uning onasi bilan uchrashdi.
Muloqot davomida vazir Shahzodaga hamisha o‘z ustida ishlashi va harakatdan to‘xtamasligini va kelgusi ishlarida doimo muvaffaqiyat yor bo‘lishini tiladi.