Boliviyada besh kishi - uchuvchi, uch ayol va bir bola - yengil motorli samolyot Amazonka botqoqligiga qulaganidan keyin deyarli ikki kun o‘tib qutqarildi.
27 yoshli uchuvchi Andres Velarde favqulodda qo‘nishni amalga oshirishga erishgan, biroq samolyot alligatorlar uyasi yoniga qo‘ngan. Uchuvchining aytishicha, odamlarni to‘kilgan yoqilg‘ining o‘tkir hidi sudralib yuruvchilarni cho‘chitib yuborishi qutqargan.
Jami odamlar botqoqda alligatorlar qurshovida taxminan 36 soat vaqt o‘tkazdi. Ular samolyotdan topilgan shokolad va manioka unini iste’mol qildi. Butun shu vaqt davomida ular qulagan samolyot tomida turdi.