Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori Sohibjon Murodov UNG Petro va Chinoz NQIZ «yashirin xususiylashtirilgani» haqidagi tanqidlarni rad etdi.
Uning aytishicha, aktivlar xalqaro konsultantlar jalb qilingan holda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar orqali xususiylashtirilgan.
«O‘zbekneftgaz»ning hisobotida har ikki aktiv 2023 yil noyabrida Petroleum Technology Group kompaniyasiga sotilgani va bitim qiymati 453 mlrd so‘m bo‘lgani qayd etilgan.
Murodov jarayon haqidagi ma’lumotlar jamoatchilikka etarlicha keng va izchil yetkazilmaganini ham tan olgan.