Amerikaning SpaceX kompaniyasi asoschisi Ilon Mask AQSh Ukrainaga katta miqdorda moliyaviy yordam ko‘rsatganiga qaramay, Kiyevning Vashington va Moskva o‘rtasidagi yoqilg‘i kelishuviga munosabatidan xavotir bildirdi.
Mask X ijtimoiy tarmog‘ida amerikalik siyosiy sharhlovchi Mayk Sernovichning e’lon qilgan postiga munosabat bildirdi. Sernovich AQSh soliq to‘lovchilari hisobidan Ukrainaga 250 milliard dollardan ortiq yordam ajratilganiga qaramay, Kiyev minnatdorlik bildirmayotganini iddao qilgan.
«Bu xavotir uyg‘otadi», — deb yozdi Mask mazkur xabarga javoban.
Shuningdek, tadbirkor Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni yana bir bor o‘z lavozimidan ketishga chaqirdi.
Bundan bir kun avval Zelenskiy britaniyalik jurnalist Pirs Morganga bergan intervyusida Ukraina AQShni hamkor sifatida yo‘qotib borayotganini ta’kidlagan edi.