Madridning «Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappe uchun Yevropa Chempionlar ligasi doirasidagi «Roma»ga qarshi uchrashuv yubiley bahsiga aylandi.
Fransiyalik futbolchi mazkur musobaqadagi 100-o‘yinini o‘tkazdi va ushbu marraga erishgan eng yosh futbolchi sifatida tarixga kirdi.
Bunga qadar mazkur rekord argentinalik afsonaviy futbolchi Lionel Messiga tegishli edi. U Chempionlar ligasidagi 100-uchrashuvini 28 yoshu 84 kunligida o‘tkazgan.
Mbappe esa ushbu natijaga 27 yoshu 298 kunligida erishib, Messining rekordini yangiladi.
Shu tariqa, «Real» hujumchisi Yevropa klub futbolining eng nufuzli musobaqasida 100 ta o‘yin o‘tkazgan eng yosh futbolchiga aylandi.