Bugun 16 oktyabr, 2026 yil, juma

КИР

AQSh Ukrainada Starlink tizimi cheklanishiga aloqasi yo‘qligini bildirdi

AQSh Ukrainada Starlink tizimi cheklanishiga aloqasi yo‘qligini bildirdi

AQShning yuqori lavozimli amaldori Axios nashriga Vashington Ukrainada Starlink sun’iy yo‘ldosh aloqasi cheklanishiga aloqador emasligini ma’lum qildi. Avvalroq Ukraina o‘z Qurolli kuchlari uchun Starlink aloqasi cheklanganini bildirgan edi.

Axios ma’lumotiga ko‘ra, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning maslahatchilari Oq uy, AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi (CIA) va Pentagonga murojaat qilib, Starlink xizmatlarini cheklash bo‘yicha qaror qabul qilingan-qilinmaganini aniqlashga uringan.

Oq uy vakillari AQSh hukumati SpaceX kompaniyasi faoliyatini nazorat qilmasligini bildirgan. Shu bilan birga, AQSh ma’muriyati voqea sabablarini aniqlash uchun SpaceX bilan bog‘lanishni rejalashtirmoqda.

Kiritildi: 11:17 15.10.2026. O'qildi: 793 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!