Bugun 17 oktyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Mourinyo Vinisius bo‘yicha keskin qaror qabul qildi

Mourinyo Vinisius bo‘yicha keskin qaror qabul qildi

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyu braziliyalik vinger Vinisius Juniorni yana eng yaxshi sport formasiga qaytarish uchun maxsus reja ishlab chiqqani xabar qilinmoqda.

The Touchline nashrining ma’lum qilishicha, portugaliyalik mutaxassis futbolchining so‘nggi paytlardagi o‘yin saviyasi va maydondagi nomaqbul xatti-harakatlaridan norozi.

Mourinyu Vinisiusning to‘rt o‘yinlik diskvalifikasiyasidan foydalanib, uning o‘yini va intizomi bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etishni maqsad qilgan.

Manbaning ta’kidlashicha, «Real» ustozi braziliyalik futbolchining ishga munosabatida sezilarli ijobiy o‘zgarish kuzatilmaguncha, uni hatto Yevropa Chempionlar ligasi uchrashuvlarida ham maydonga tushirmaslikka qaror qilgan.

Shu tariqa, Vinisius asosiy tarkibga qaytish uchun nafaqat jismoniy va texnik jihatdan, balki intizom borasida ham murabbiy ishonchini qayta qozonishiga to‘g‘ri kelishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 26 yoshli braziliyalik futbolchi Ispaniya La Ligasi doirasida «Vilyarreal»ga qarshi o‘tkazilgan va «Real»ning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan uchrashuvda qizil kartochka olgan edi.

Shundan so‘ng Vinisius Ispaniya chempionatining to‘rtta o‘yinidan chetlatildi.

Kiritildi: 13:52 15.10.2026. O'qildi: 2557 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!