Bugun 16 oktyabr, 2026 yil, juma

КИР

Prezident Administrasiyasida yangi tayinlovlar

Prezident Administrasiyasida yangi tayinlovlar

15 oktyabr kuni Prezident Administrasiyasi rahbarining farmoyishi bilan bir qancha yangi tayinlovlar amalga oshirildi.

Prezident Administrasiyasi rahbarining farmoyishi bilan Akramjon Murodjon o‘g‘li Fozilov Prezidentning vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Prezident Administrasiyasi Kommunikasiyalar departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Prezident Administrasiyasi rahbarining farmoyishi bilan Aziza Abdusabitovna Qurbonova Prezident Administrasiyasi Kommunikasiyalar departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Prezident Administrasiyasi rahbarining farmoyishi bilan Xushnud G‘ayratovich Xudayberdiyev Prezident Administrasiyasi Kommunikasiyalar departamenti boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Kiritildi: Bugun 03:40. O'qildi: 1078 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!