Bugun 27 oktyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Ummon: AQSh Eronni tahdid sifatida ko‘rsatib, tinchlikka to‘sqinlik qilmoqda

Ummon: AQSh Eronni tahdid sifatida ko‘rsatib, tinchlikka to‘sqinlik qilmoqda

Ummon tashqi ishlar vaziri Badr al-Busaidiy AQShni Eronni xavfsizlikka tahdid sifatida ko‘rsatish orqali mintaqada tinchlik o‘rnatilishiga to‘sqinlik qilayotganlikda aybladi. Bu haqda «Tasnim» agentligi xabar berdi.

Vazirning ta’kidlashicha, Eronni tahdid sifatida talqin qilish mintaqadagi barqarorlikni ta’minlashga yordam bermaydi.

Badr al-Busaidiy, shuningdek, Fors ko‘rfazi arab davlatlari hamkorlik kengashiga a’zo olti mamlakat, Eron va Iroq o‘rtasida o‘zaro hujum qilmaslik to‘g‘risidagi pakt imzolash tashabbusini ilgari surdi.

Ushbu taklif mintaqadagi davlatlar o‘rtasida ishonchni mustahkamlash va harbiy keskinlikning oldini olishga qaratilgan.

Kiritildi: Bugun 18:37. O'qildi: 154 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!