Bugun 14 mart, 2025 yil, juma

КИР

Ulug‘bek Qosimovning o‘rinbosarlari va shahar-tuman hokimlarini 661 mln so‘m bilan mukofotlash to‘g‘risidagi farmoyishi bekor qilindi

Ulug‘bek Qosimovning o‘rinbosarlari va shahar-tuman hokimlarini 661 mln so‘m bilan mukofotlash to‘g‘risidagi farmoyishi bekor qilindi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning 2025 yil 20 yanvarda imzolangan 14 yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan o‘rinbosarlari hamda shahar va tuman hokimlarini mukofotlash uchun 661 million so‘m ajratish haqidagi farmoyishi bekor qilindi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Hokimlikka ko‘ra, farmoyish jamoatchilik e’tirozlariga sabab bo‘lgan bois bekor qilingan.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Surxondaryo viloyati hokimining o‘rinbosarlari hamda shahar va tumanlar hokimlarini rag‘batlantirish to‘g‘risida qabul qilingan 2025 yil 20 yanvardagi 12-8-0-F/25-sonli farmoyishi yuzasidan turli postlar e’lon qilindi. Mazkur farmoyish qayta ko‘rib chiqilib, bekor qilingan, deyiladi hokimlik munosabatida.

Qo‘shimcha qilinishicha, 661 million so‘m mablag‘ “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturiga yo‘naltirilishi belgilangan.

Kiritildi: 12:00 25.01.2025. O'qildi: 1265 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!