Ostonada o‘tkazilayotgan jahon chempionati ayollar o‘rtasida J1 klassida (ko‘zi ojizlar) -64 kg vazn toifasida Uljon Amriyeva braziliyalik Silva Larissa ustidan ippon bahosi evaziga g‘alaba qozondi.
Shu bilan birga Kemran Nurillayev J2 (zaif ko‘ruvchilar) klassida, -64 kn. vazn toifasida oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Musobaqaning ikkinchi kunida ko‘ruvchilar klassida Sherzod Namozov va Davurxon Karomatov kumush, Mohinur Parmonova zaif bronza medallarini qo‘lga kiritdi.