Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) Rostov viloyati boshqarmasi jazoni ijro etish koloniyasida uch nafar O‘zbekiston fuqarosi tomonidan «rejalashtirilgan terakt»ning oldi olinganini ma’lum qildi.
Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar qilmoqda.
Rossiya FXX ma’lumotiga ko‘ra, gumondorlar Rossiya va bir qator mamlakatlarda taqiqlangan ISHID terrorchilik tashkiloti tarafdorlari bo‘lib, ularning uchalasi ham og‘ir jinoyatlar sodir etgani uchun jazo muddatini o‘tayotgan bo‘lgan.
FXX iddaosicha, ular qamoqxona xodimlari orasida asirga olish va binolarni yoqish rejasini tuzishgan, ammo uni amalga oshira olmaganlar. Gumondorlarni tintuv qilish paytida terroristik tashkilot bayrog‘i tushirilgan o‘tkir pichoqlar va mato parchalari topilgan.
«Gumondorlar muassasa xodimlarini garovga olib, koloniya binolariga o‘t qo‘ymoqchi bo‘lgan. Ular batafsil harakat rejasini ishlab chiqqan, ammo uni amalga oshirishga ulgurmagan», – deyiladi FXX bayonotida.