Bugun 5 mart, 2026 yil, payshanba

КИР

"Ukrainaga uzoq masofali Tomahawk raketalarini berishimiz kerak"

"Ukrainaga uzoq masofali Tomahawk raketalarini berishimiz kerak"

Agar Putin yana "yo‘q" desa, Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishimiz va Ukrainaga uzoq masofali Tomahawk raketalarini berishimiz kerak, dedi AQSh senatori Lindsi Grem

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh Rossiya bilan muloqotni davom ettirmoqda, ammo Putin barcha sa’y-harakatlarni rad etmoqda.

"Agar Putin bu safar ham yana “yo‘q” desa, umid qilamanki, prezident Tramp mening sanksiyalar to‘g‘risidagi qonun loyihamni imzolaydi, hozir uning 85 nafar hammuallifi bor. Bu qonun loyihasida Xitoy kabi Rossiyaning arzon neftini sotib olayotgan davlatlarga nisbatan bojlar joriy etish, Rossiyani terrorizmni qo‘llab-quvvatlovchi davlat sifatida tan olish, shuningdek, Venesuelaga nisbatan qilinayotgani kabi sanksiyalar ostidagi Rossiya neftini tashiyotgan kemalarni ushlab qolish va musodara qilish nazarda tutilgan.

Agar Putin taklifimizni rad etsa, biz o‘yin qoidalarini tubdan o‘zgartirishimiz kerak — jumladan, Rossiya hududida joylashgan dron va raketa zavodlariga zarba berish uchun Ukrainaga Tomahawk raketalarini topshirishni o‘ylab ko‘rishimiz zarur", — dedi amerikalik senator.

Kiritildi: 12:27 22.12.2025. O'qildi: 2487 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!