Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakatdagi harbiy holat va umumiy safarbarlikni yana 90 kunga - 8 fevraldan 9 mayga uzaytirish haqidagi qonunni imzoladi.
Bu haqda Oliy Rada saytida xabar berildi.
15 yanvar kuni parlament harbiy holat va umumiy safarbarlikni uzaytirish uchun ovoz berdi.
Ukrainada bu huquqiy rejim to‘liq miqyosli harbiy amaliyotlar boshlanganidan beri allaqachon 14 marta uzaytirilgan.