Hujum haqida Xarkov viloyati harbiy ma’muriyati rahbari Oleg Sinegubov ham ma’lumot berdi.
«Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Xarkovning Slobodskoy tumanida dushman droni zarbasi qayd etildi. Hodisa natijasida yong‘in kelib chiqdi. Hodisa joyiga Favqulodda vaziyatlar xizmati va tez yordam brigadalari yetib boryapti», — deb yozdi u ijtimoiy tarmoqda.
Hujum vaqtida dronlardan biri Slobodskoy tumanidagi Ukraina Milliy Farmasevtika universiteti binosiga urilgani ma’lum qilindi.
Bu haqda Ukraina OAV shahar meri Terexov, mamlakat IIV matbuot xizmati va prokuraturaga tayanib xabar berdi.