Ukraina o‘z harbiy ishlab chiqarishini kengaytirish uchun 20 milliard dollargacha mablag‘ga muhtoj.
Bu haqda Davosdagi Jahon iqtisodiy forumida strategik sanoat vaziri German Smetanin Bloomberg agentligiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
"Ko‘p jihatdan bizda mablag‘dan ko‘ra ko‘proq imkoniyatlar mavjud. Ishlab chiqarishni ko‘paytirish uchun butun dunyo bo‘ylab 15-20 milliard dollar topishimiz kerak", - dedi u.
Vazir Ukrainaning qurol-yarog‘, jumladan, uzoq masofali raketalar va uchuvchisiz samolyotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish niyatiga e’tibor qaratdi. Smetanin, shuningdek, ko‘p jihatdan chet el yordamiga qaram bo‘lgan Ukraina iqtisodiyoti harbiy ishlab chiqarish ehtiyojlarining faqat yarmini moliyalashtira olishini ta’kidladi.