Bu haqda Ukraina OAV xabar bermoqda.
Zelenskiy farmoniga ko‘ra, o‘t ochishni to‘xtatish 5-sentyabr kuni soat 00:00 dan 8-sentyabr kuni soat 23:59 gacha amal qiladi.
Ukraina tomoniga ko‘ra, bo‘linmalarga quruqlikda, dengizda va havoda o‘q otish va faol operasiyalarda qatnashish taqiqlangan. Shu bilan birga, Rossiya harakatlarini razvedka qilish va monitoring qilish kuchaytirilmoqda. Bularning barchasi Tramp vakillarining Moskva va Kiyevga tashrifi bilan bog‘liq.
Rossiya tomonidan buzilish holatlarida Ukraina Qurolli Kuchlari ham shunday javob beradi. Rossiya tomoni hali bu sulhga rozi yoki rozi emasligini malum qilmadi.