Bugun 1 may, 2026 yil, juma

КИР

Ukraina urushida halok bo‘lgan 216 mingdan ortiq rossiyalik harbiyning shaxsi tasdiqlandi, ularning uchdan bir qismi ko‘ngillilar

Ukraina urushida halok bo‘lgan 216 mingdan ortiq rossiyalik harbiyning shaxsi tasdiqlandi, ularning uchdan bir qismi ko‘ngillilar

Bu haqda “BBC Rus xizmati” va “Mediazona” nashri jurnalistlari ochiq manbalar asosida o‘tkazilgan surishtiruv natijasiga ko‘ra ma’lum qildi. Jurnalistlar va ko‘ngillilar jamoasi birgalikda 216 205 nafar rossiyalik harbiyning ismlarini aniqlagan.

Ammo hali tekshirilmagan nekrologlar to‘plamida yana o‘n minglab ismlar mavjud.

“Mediazona” hisobotida keltirilishicha, halok bo‘lgan rossiyalik harbiylarning uchdan ikki qismi 100 mingdan kam aholiga ega bo‘lgan joylarda yashagan.

Shuningdek, halok bo‘lganlar orasida ko‘ngillilar ulushi o‘sishda davom etmoqda. Ayni paytda ular barcha tasdiqlangan yo‘qotishlarning 33 foizini tashkil etmoqda. Aniqlangan ko‘ngillilarning yarmidan ko‘pi so‘nggi bir yarim yil ichida halok bo‘lgan.

Kiritildi: Bugun 12:17. O'qildi: 396 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!