Bugun 24 fevral, 2026 yil, seshanba

КИР

Ukraina urushida halok bo‘lgan 200 mingdan ortiq rossiyalik harbiyning shaxsi tasdiqlandi

Ukraina urushida halok bo‘lgan 200 mingdan ortiq rossiyalik harbiyning shaxsi tasdiqlandi

Ukraina urushida halok bo‘lgan 200 mingdan ortiq rossiyalik harbiyning shaxsi tasdiqlandi, ularning uchdan bir qismi ko‘ngillilardir.

Bu haqda “BBC Rus xizmati” va “Mediazona” nashri jurnalistlari ochiq manbalar asosida o‘tkazilgan surishtiruv natijasiga ko‘ra ma’lum qildi. Jurnalistlar va ko‘ngillilar jamoasi birgalikda 200 186 nafar rossiyalik harbiyning ismlarini aniqlagan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025 yil Rossiya armiyasi uchun eng qonli yil bo‘lgan. Jurnalistlar o‘tgan yilda 49 935 rossiyalik harbiy halok bo‘lganini tasdiqlagan, ammo hali tekshirilmagan nekrologlar to‘plamida yana o‘n minglab ismlar mavjud.

“Mediazona” hisobotida keltirilishicha, halok bo‘lgan rossiyalik harbiylarning 122,7 ming nafari shahar aholisi, 57,2 ming nafari qishloq aholisi bo‘lgan. Halok bo‘lganlarning uchdan ikki qismi 100 mingdan kam aholiga ega bo‘lgan joylarda yashagan.

Halok bo‘lganlarning soni bo‘yicha eng yuqori hududlar sifatida Boshqirdiston (7,7 ming nafar), Tatariston (6,8 ming nafar) va Sverdlovsk viloyati (6,3 ming nafar) qayd qilingan.

Shuningdek, halok bo‘lganlar orasida ko‘ngillilar ulushi o‘sishda davom etmoqda. Ayni paytda ular barcha tasdiqlangan yo‘qotishlarning 33 foizini tashkil etmoqda. Aniqlangan ko‘ngillilarning yarmidan ko‘pi so‘nggi bir yarim yil ichida halok bo‘lgan.

Kiritildi: Bugun 14:36. O'qildi: 258 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!