Bugun 1 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Ukraina, Rossiya va AQSh muzokaralari Turkiyada o‘tkazilishi mumkin

Ukraina, Rossiya va AQSh muzokaralari Turkiyada o‘tkazilishi mumkin

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Ukrainaning suvereniteti, mustaqilligi va hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlashini yana bir bor tasdiqladi. Bu haqda u 31 oktyabr kuni Istanbulda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan o‘tkazilgan muzokaralardan so‘ng ma’lum qildi.

Uchrashuvda Qora dengiz xavfsizligi asosiy mavzulardan biri bo‘ldi. Prezidentlar dengiz orqali g‘alla tashish imkonini beruvchi «don yo‘lagi»ni qayta tiklash ustida ishlashga kelishib oldi.

Erdo‘g‘an Qora dengizda fuqarolik kemalariga hujum qilishni qabul qilib bo‘lmas holat deb atab, barcha tomonlarni vazminlikka chaqirdi.

Zelenskiyning bildirishicha, noyabrning birinchi yarmida Ukraina, Rossiya va AQSh ishtirokida uch tomonlama muzokaralar o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Prezidentlar ushbu jarayonga Turkiya va Yevropa davlatlarini jalb etish, shuningdek, uchrashuvlarni Turkiyada tashkil qilish imkoniyatini muhokama qildi.

Tomonlar mudofaa sanoatida hamkorlikni kengaytirish va yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga ham qiziqish bildirdi.

Iqtisodiy munosabatlarga ham alohida e’tibor qaratildi. Erdo‘g‘anning ta’kidlashicha, ikki mamlakat o‘rtasidagi erkin savdo bitimi 1 oktyabrdan kuchga kirgan. Bu o‘zaro savdo hajmini 10 milliard dollarga yetkazish maqsadiga xizmat qilishi kutilmoqda.

Bundan tashqari, Zelenskiy kelasi hafta Turkiyadan Ukrainaga generatorlar va boshqa energetika uskunalari yetkazib berish hajmi oshirilishini ma’lum qildi.

Erdo‘g‘an esa Anqara Ukrainada tinchlik o‘rnatishga qaratilgan diplomatik tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashda davom etishini bildirdi.

Kiritildi: 23:54 31.10.2026. O'qildi: 846 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!