Ukraina Harbiy-dengiz kuchlari matbuot kotibi Dmitriy Pletenchukning aytishicha, 2022 yil aprel oyida Rossiyaning kreyseriga berilgan zarba Qo‘shma Shtatlar tomoni bilan kelishilmagan holda amalga oshirilgan.
"Biz, albatta, bo‘ysunish tizimiga muvofiq yuqori rahbariyat bilan o‘t ochib zarba berishni kelishgandik va tegishli ruxsat ham olgandik. Bu, shubhasiz, Ukraina rahbariyati edi", – deya ta’kidladi Pletchenchuk.
Avvalroq The New York Times gazetasi Ukraina AQShdan Rossiya Qora dengiz floti kreyserining koordinatalarini olgani va unga zarba berishni muvofiqlashtirishni kutgani haqida yozgan edi.
NYT ma’lumotlariga ko‘ra, “Moskva” kreyserining cho‘ktirilishi Jo Bayden ma’muriyatining "g‘azabini" qo‘zg‘atgan, chunki Vashington ukrainaliklarga Rossiya qudratining shunday muhim ramziga hujum qilish imkoniyatini bermoqchi emas edi.