Bugun 8 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

Xitoyda 100 tonna tirik timsoh auksionda sotilayapti! Narx va shartlar hushingizni oladi

Xitoyda 100 tonna tirik timsoh auksionda sotilayapti! Narx va shartlar hushingizni oladi

Shenchjenning Nanshan tumani xalq sudi mahalliy qarzdor kompaniyadan musodara qilingan 100 tonna tirik siam timsohini sotish bo‘yicha auksion e’lon qildi. Bu haqda South China Morning Post (SCMP) nashri xabar berdi.

Uning ma’lumotlariga ko‘ra, partiyaning boshlang‘ich narxi 4 mln yuanni (taxminan 550 ming dollar) tashkil etdi, xaridor sudralib yuruvchilarni fermadan mustaqil ravishda olib ketishi kerak. Jonivorlar 2005 yilda tashkil etilgan Guangdong Hongyi Crocodile Industry firmasiga tegishli bo‘lib, unga avvalroq matbuotda "Timsohlar xudosi" laqabini olgan biznesmen Mo Szyunjun rahbarlik qilgan, deb yozadi nashr.

Timsohlar kompaniya moliyaviy majburiyatlarini bajara olmaganidan keyin musodara qilingan va hozirda sud orqali tugatilishi kerak. Savdo shartlariga ko‘ra, xaridor suv hayvonlarini sun’iy ko‘paytirish uchun lisenziyaga ega bo‘lishi va bunday katta partiyani tashish uchun infratuzilmaga ega bo‘lishi kerak. Aks holda, 300 ming yuan (41 ming dollar) miqdoridagi zakalat qaytarilmaydi. Auksion Alibaba Judicial Auction Platform platformasida o‘tkazilmoqda va 9 mayga qadar davom etadi.

Bitta siam timsohining og‘irligi 200 dan 500 kg gacha, sotuvda 200 dan 500 tagacha bo‘lishi mumkin. Timsohlar oziq-ovqat, charm va kosmetika sanoatida, jumladan, vino va biologik faol qo‘shimchalar ishlab chiqarishda qo‘llaniladi, deya tushuntiradi gazeta.

Kiritildi: 22:26 07.04.2025. O'qildi: 2180 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!