Bu O‘zbekiston va Turkmanistonning Amudaryo quyi oqimida yashovchi aholisi nomidan berilgan shikoyatga asoslangan. Shikoyatda loyiha ekologik va ijtimoiy xavf tug‘dirishi, suv oqimi kamayishi, cho‘llanish, sho‘rlanish kuchayishi va millionlab odamlar salomatligiga ta’sir qilishi aytilgan.
“Chegara bilmas daryolar” koalisiyasi GES loyihasini moliyalashtirishni vaqtincha to‘xtatish va xavflarni qayta baholashni talab qilmoqda. Shuningdek, aholi fikri inobatga olinmagani, axborot yetarli emasligi tanqid qilinmoqda.