Rossiya Tashqi ishlar vazirligi xabar berishicha, Rossiya va AQSh Istanbulda musodara qilingan Rossiya diplomatik mulki masalasi bo‘yicha yo‘l xaritasini ishlab chiqishga kelishib oldi.
Vazirlik, shuningdek, Darchiyev musodara qilingan diplomatik mulk ob’ektlariga Rossiya Federasiyasi vakillarini darhol kiritish muhimligini ta’kidlaganini bildirdi.
***
Rossiya va AQSh ikki tomonlama diplomatik munosabatlardagi muammolarni bartaraf etish bo‘yicha yangi uchrashuv tashkil etish rejalarini muhokama qildi. Bu haqda Istanbuldagi Rossiya-AQSh maslahatlashuvlari yakunlari bo‘yicha AQSh Davlat departamenti matbuot xizmati ma’lum qildi.
U tarqatgan yozma bayonotda aytilishicha, Istanbuldagi delegasiyalarga rahbarlik qilgan Davlat kotibi yordamchisining o‘rinbosari [Evropa va Yevrosiyo ishlari bo‘yicha Sonat] Koulter va Rossiyaning AQShdagi elchisi [Aleksandr] Darchiyev, zarurat tug‘ilganda, yaqin kelajakda ushbu masalalar yuzasidan yangi uchrashuv o‘tkazish imkoniyatini muhokama qilishgan. AQSh tashqi ishlar vazirligi aniqlik kiritishicha, uchrashuvni o‘tkazish muddati va joyi, shuningdek, ishtirokchilar tarkibi keyinroq belgilanadi. Vazirlikning baholashicha, maslahatlashuvlarning ushbu bosqichi tomonlarning "konstruktiv yondashuv"ni saqlab qolayotganini namoyon etdi.
Davlat departamenti qo‘shimcha qilishicha, delegasiyalar diplomatik vakolatxonalar faoliyatiga bank xizmatlari ko‘rsatish imkoniyatlarini ham muhokama qilgan.