Rossiya Federasiyasi prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Chechenistondagi shahar maydonida 17 yoshli o‘smirning jasadi namoyish etilgani voqeasini sharhlashdan bosh tortdi.
Eslatib o‘tamiz, 7 aprel kuni yosh yigit Achxoy-Martan shahrida YPX xodimlariga hujum qilgan edi. Ikki polisiyachi jarohat olgan, ulardan biri keyinchalik vafot etgan. 9 aprel kuni Telegram-kanallar shahar maydonida respublika rahbari Ramzan Qodirovning portreti ostida yotgan o‘smir jasadi tasvirlangan videoni ko‘rsatdi.
"Biz muxolifat kanallari tarqatayotgan axborotga asoslanishni mutlaqo istamaymiz. Bu manbalarni ishonchga loyiq deb hisoblamaymiz. Boshqa ma’lumotga ega emasmiz," - dedi Peskov konferents-chaqiruv paytida RBK jurnalistining savoliga javob berar ekan.
Nashriyot jurnalisti matbuot kotibiga savolida bir kun oldin Chechenistonning Niyso nomli Telegram-kanali tarqatgan video haqida ma’lumot berdi. Videoda ma’muriyat binosi yonidagi asfaltda yotgan o‘smir jasadi atrofida o‘nlab odamlar turganini ko‘rish mumkin. Binoda respublika rahbari Ramzan Qodirovning tasviri va "Axmat - kuch" degan yozuv bor. Kadr ortida ayolning yig‘isi eshitiladi. Kanal ma’lumotlariga ko‘ra, namoyishdan so‘ng jasad asfalt ustida qoldirilgan.