Gaaga tribunali Putin prezident lavozimini tark etmaguncha uni sud qilmaydi — Euronews.
Nashrning manbalariga tayanib yozishicha, bu Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin va tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovga ham tegishli. Manbalarga ko‘ra, sud jarayoni Putin o‘z lavozimini tark etganidan keyingina o‘tkazilishi mumkin.
"Ushbu yuqori martabali amaldorlarni jinoiy javobgarlikka tortishga ayblanuvchilar sud zalida jismonan hozir bo‘lgan taqdirdagina yo‘l qo‘yiladi. Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishni jinoyat sifatida tan olmasligi va G‘arb bilan hamkorlikka qat’iy qarshi ekanligini hisobga olsak, bu dargumon", deb yozadi Euronews.