Bu haqda “Suspilne” nashri Ukraina prezidenti devonidagi manbaga tayanib xabar berdi. Shuningdek, Volodimir Zelenskiy sobiq xalq deputati Oleg Saryov va balet raqqosi Sergey Poluninni ham fuqarolikdan mahrum qildi.
"Ba’zi shaxslarning Rossiya fuqaroligiga ega ekani tasdiqlandi. Ularni Ukraina fuqaroligidan mahrum etish bo‘yicha tegishli farmonni imzoladim", — degan Zelenskiy.
Bundan tashqari, oktyabr oyi boshlarida Odessada yog‘ingarchilik sababli o‘n kishi halok bo‘lgan edi. Shundan so‘ng shahar aholisi prezidentga mer Gennadiy Truxanovni Ukraina fuqaroligidan mahrum qilishni talab qilgan petisiya bir sutkadan kam vaqt ichida davlat rahbari ko‘rib chiqishi uchun zarur bo‘lgan 25 ming imzoni to‘plagan.
Truxanov esa bir necha bor Rossiya pasportiga ega emasligini aytib, bu ayblovlarni "siyosiy sabablarga asoslangan" deb atagan.